Ishtahasiz bolalarni ovqatlantirish uchun 9 ta tavsiya

04.11.2025
06.11.2025

Ishtahasiz kichkintoyni ovqatlantirish uchun onaga ancha-muncha quvvat va sabr kerak!

Onalar uchun eng quvonchli davr — bolaning yagona taomi ona suti bo‘lgan payt. Ammo bola ulg‘aygani sayin, ovqatlanish tarkibi o‘zgaradi, yangi taomlar paydo bo‘ladi, ular bilan birga yangi muammolar ham yuzaga keladi. Kichkintoy ovqatlanish paytida injiq bo‘lib qoladi, tanlab yeydi yoki umuman taklif qilingan taomni rad etadi.

Bu holat ko‘p ota-onalarga tanish. Ular bolani ovqatlantirish uchun ko‘p kuch, vaqt va asab sarflashadi. Oxiri sabr tugab, masalani jiddiy o‘rganishga qaror qilishadi. Ma’lum bo‘lishicha, bolalarda ishtahaning yo‘qligiga sabab bo‘luvchi omillar juda ko‘p va ko‘pincha bunga ota-onalarning o‘zi sababchi bo‘ladi.

 

Ishtahaning yo‘qligiga bir necha sabablar

1. Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari. Qayeridir og‘riyotgan yoki o‘zini yomon his qilayotgan odamda ishtaha bo‘lmaydi. Voyaga yetgan odam ham kasal paytida ovqat yeyolmaydi-ku, endi bolani tasavvur qiling.

2. Kun tartibining yo‘qligi. Bola kech nonushta qilsa, tushlikkacha ochqamaydi. Aksincha, ovqatlanishlar orasidagi tanaffus juda katta bo‘lsa, bola shirinlik, chips yoki chaq-chuqlar bilan ochligini qondiradi. Natijada me’da to‘ladi va ovqat uchun joy qolmaydi.

3. Haddan tashqari ko‘p ovqat berish. Ba’zan ota-onalar o‘zlari bilmagan holda bolani ortiqcha ovqatlantirishadi. Bolaga kattalar hajmidagi porsiya beriladi, ammo u shuncha ovqatni yeyolmaydi. Idishda taom qolsa, ota-ona “bolaning ishtahasi yo‘q” deb o‘ylaydi. Aslida esa bolaga kattalarga qaraganda kamroq, lekin muvozanatli va foydali taom kerak — o‘sish va rivojlanish uchun zarur bo‘lgan hamma narsa shu kichik porsiyada jam bo‘lishi lozim.

Bu borada bolalar idish-tovoqlari to‘plami juda foydali bo‘lishi mumkin: ular odatda kichik hajmda bo‘ladi, ustidagi rangli rasmlar esa bolaning qiziqishini va ishtahasini oshiradi.

4. Kattalarga taqlid qilish. Agar ona dietada bo‘lsa, “bu yog‘li”, “bu zararli”, “bundan semiraman” desa, qizaloqlar ayniqsa bunga taqlid qilishadi. Ular ham go‘sht, non yoki makaronlardan voz kecha boshlaydi.

Ovqatlanish azob emas, yoqimli jarayon bo‘lishi kerak.

Bu muammoni zo‘rlik bilan hal etishga urinmang. Majburlash va jazolash faqat vaziyatni yomonlashtiradi. Sabrli bo‘ling va kichik hiylalarni qo‘llang.

 

Pediatrlar ittifoqidan 9 ta foydali maslahat:

1. Bolani siz bilan birga ovqatlanishga taklif qiling — u kattalarning stol atrofidagi xatti-harakatlarini takrorlaydi.

2. Ikki xil taom taklif qiling — avval asosiy, so‘ngra yoqtirganini, masalan, «Ложка в ладошке»ning mango pyuresini.

3. Taomni tugatib qo‘yganida maqtang — bolalar maqtovni yaxshi ko‘radi.

4. Ovqatni maqtang — kattalar taomni maqtaganini eshitgan bola uni tatib ko‘rishga qiziqadi.

5. Kichik porsiyalar bering — hammasini yeb tugatsa, maqtang va ozgina qo‘shimcha taklif qiling.

6. Bolaning o‘zi mustaqil yeyishiga imkon bering.

7. Ovqatni tinch, osoyishta muhitda bering — stolda hech qanday chalg‘ituvchi narsa bo‘lmasin.

8. Ovqatlanish vaqti 30 daqiqadan oshmasin.

9. Bola to‘yganini aytsa yoki shunga ishora qilsa, ovqatni olib qo‘ying.

Shunday qilib, ovqatlanish jarayoni har kuni stress emas, balki mehr va sabrga to‘la vaqt bo‘lishi mumkin.

 

 

Boshqa yangiliklar