4 oylik va undan katta bolalar uchun «Ложка в ладошке» nok pyuresi, 90 gr
4 oylik va undan katta bolalar uchun «Ложка в ладошке» nok pyuresi, 90 gr
• Shakar qo‘shilmagan
• GMO, aromatizatorlar, konservantlar va sun’iy bo‘yoqlar yo‘q
• Allergiya qo‘zg‘atmaydi
Tarkibi:
Nokdan tayyorlangan pyure (100%). Konsentrlashtirilgan pyure asosida ishlab chiqarilgan, tabiiy (meva tarkibidagi) shakar mavjud.
Saqlash shartlari:
0 °C dan 25 °C gacha bo‘lgan haroratda va havoning nisbiy namligi 75 % dan oshmagan joyda saqlang.
Ochilgan qadoqni 0 °C dan 6 °C gacha bo‘lgan haroratda muzlatkichda, 24 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatda saqlash mumkin.
Agar bola pyureni dispenserdan (qadoqdan bevosita) iste’mol qilgan bo‘lsa, mahsulotni qayta saqlash mumkin emas.
Foydalanish bo‘yicha tavsiyalar:
4 oylikdan boshlab bolalarga tavsiya etiladi. Avvaliga kuniga yarim choy qoshiqdan berib boriladi, 12 oylikka yetganda esa kunlik miqdor 100 grammgacha oshiriladi.
Mahsulotni faqat iste’mol qilishdan oldin ochish tavsiya etiladi. Foydalanishdan oldin aralashtiring. Qopqog‘ini bolalar qo‘liga bermang. Mahsulot iste’molga tayyor. Agar uni isitish kerak bo‘lsa, idishni iliq suvga soling. Mikroto‘lqinli pechda, asl qadoqda isitish mumkin emas. Agar qadoq shishib ketgan bo‘lsa, mahsulotni ishlatmang.
Tashish vaqtida qadoq shikastlansa havo o‘tkazmaslik xususiyati buzilishi mumkin. Bolaga berishdan oldin pyureni tatib ko‘ring. Bolani ovqatlantirish vaqtida nazoratsiz qoldirmang.
100 g mahsulotning ozuqaviy qiymati:
- Oqsillar 0,4 g
- Uglevodlar 10 g
- Kletchatka (tolalar) 3 g
- Kaliy 155 mg
- Energiya qiymati 200 kJ (45 kkal)