6 oylik va undan katta bolalar uchun «Ложка в ладошке» olma va banan pyuresi, 90 gr

Hajmi: 90 gr

6 oylik va undan katta bolalar uchun «Ложка в ладошке» olma va banan pyuresi, 90 gr

Hajmi: 90 gr

Shakar qo‘shilmagan

GMO, aromatizatorlar, konservantlar va sun’iy bo‘yoqlar yo‘q

Allergiya qo‘zg‘atmaydi

 

Tarkibi:

Olma pyuresi (75%), banan pyuresi (25%), tabiiy (meva tarkibidagi) shakar mavjud.

Saqlash shartlari:

0 °C dan 25 °C gacha bo‘lgan haroratda va havoning nisbiy namligi 75 % dan oshmagan joyda saqlang.
Ochilgan qadoqni 0 °C dan 6 °C gacha bo‘lgan haroratda muzlatkichda, 24 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatda saqlash mumkin.
Agar bola pyureni dispenserdan (qadoqdan bevosita) iste’mol qilgan bo‘lsa, mahsulotni qayta saqlash mumkin emas.

Foydalanish bo‘yicha tavsiyalar:

6 oylikdan boshlab bolalarga tavsiya etiladi. Avvaliga kuniga yarim choy qoshiqdan berib boriladi, 12 oylikka yetganda esa kunlik miqdor 100 grammgacha oshiriladi.
Mahsulotni faqat iste’mol qilishdan oldin ochish tavsiya etiladi. Foydalanishdan oldin aralashtiring. Qopqog‘ini bolalar qo‘liga bermang. Mahsulot iste’molga tayyor. Agar uni isitish kerak bo‘lsa, idishni iliq suvga soling. Mikroto‘lqinli pechda, asl qadoqda isitish mumkin emas. Agar qadoq shishib ketgan bo‘lsa, mahsulotni ishlatmang.
Tashish vaqtida qadoq shikastlansa havo o‘tkazmaslik xususiyati buzilishi mumkin. Bolaga berishdan oldin pyureni tatib ko‘ring. Bolani ovqatlantirish vaqtida nazoratsiz qoldirmang.

100 g mahsulotning ozuqaviy qiymati:

  • Oqsillar 0,5 g
  • Yog‘lar 0,1 g
  • Uglevodlar 12 g
  • To‘yingan yog‘ kislotalari 0,05 g
  • Kletchatka (tolalar) 1 g
  • Kaliy 162,5 mg
  • Energiya qiymati 200 kJ (50 kkal)
*Go‘dak yoshidagi bolalar uchun eng yaxshi ozuqa ona suti hisoblanadi. «Ложка в ладошке» mahsulotining yosh bo‘yicha cheklovlari haqidagi ma’lumotni individual qadoqda ko‘rishingiz mumkin. Mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
“Olma va banandan tayyorlangan pyure” mahsuloti muvozanatli tarkibga ega, vitaminlar va minerallarga boy, oson hazm bo‘ladi va allergiya keltirib chiqarmaydi. 100 g olmali pyure tarkibida C vitamini va kunlik ehtiyojga mos miqdorda temir mavjud. Banan esa kaliy hamda B guruhi vitaminlarining manbayi hisoblanadi.

Savdo nuqtalari